Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishki ta’til oldidan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun ichki transport qatnovlarida chegirmalar taqdim etiladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" va Uzbekistan Airways kompaniyalarining matbuot xizmati xabar berdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi tomonidan har yilgi Yangi yil aksiyasi 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarigacha amal qiladi.
Bu davrda talabalar umumiy tarifdan 50% chegirma bilan chiptalar xarid qilishlari mumkin.
Biroq, ushbu chegirma yuqori qulaylikka ega (SV/VIP) vagonlariga va Afrosiyob tezyurar poyezdlariga tatbiq etilmaydi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi ham ichki yo‘nalishlar bo‘yicha barcha ekonom-klass reyslari uchun talabalarga 50% gacha chegirmalar taqdim etadi.
Aksiya 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 7-yanvarigacha amal qiladi.
Chegirmadan foydalanish uchun davlat ta’lim muassasasida tahsil olishni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish talab etiladi. Shuningdek, chegirma faqat asosiy yo‘lovchi tarifiga tatbiq etilib, soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlarga taalluqli emasligi ma’lum qilingan.
Oliy o‘quv yurtlari va kollejlar talabalari uchun qishki ta’til 2024-yil 25-dekabrda boshlanib, 2025-yil 7-yanvargacha davom etadi.