Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda soliq tushumlari 20% dan ortiq o‘sib, 199,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Soliq tushumlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar:
Hududlar bo‘yicha o‘sish:
Boshqa soliq turlari bo‘yicha o‘sish: Yer solig‘i: 8,2 trln so‘m (+19,2%), Mulk solig‘i: 6,8 trln so‘m (+33,5%), Aylana mablag‘ solig‘i: 2,8 trln so‘m (+17,6%), Suv resurslaridan foydalanish solig‘i: 1,2 trln so‘m (+48,3%).
2024-yilda amalga oshirilgan islohotlar va natijalar, 64,5 ming kichik biznes subyekti tiklandi, 134,8 ming yangi korxona tashkil etildi. "Avtokameral" tizimi orqali 37,9 trln so‘mlik qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. Elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) orqali tovar aylanmasi 17,3% ga o‘sdi, onlayn-KKT orqali 1 milliard so‘mdan ortiq chek berildi.
«Solar uy» xizmati orqali 10,2 ming foydalanuvchiga 11,6 mlrd so‘mlik subsidiya ajratildi. «Ijtimoiy keshbek» orqali 135,7 ming foydalanuvchiga 24,6 mlrd so‘mlik QQS qaytarildi.
2025-yil maqsadlari Davlat soliq qo‘mitasi 2025-yilda soliq tushumlarini 224 trln so‘m darajasiga yetkazishni rejalashtirmoqda.