Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Iqtisod 25/08/2025 O‘zbekistonda shifobaxsh o‘simliklar asosida dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda shifobaxsh o‘simliklar asosida dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning 22 avgust kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoyning Henan Qingmaitong Biotechnology kompaniyasi ijroiya prezidenti Sun Ven bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda:

har ikki tomon o‘z faoliyati va yo‘nalishlari bilan tanishtirdi;

kompaniyaning O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar asosida dori vositalari ishlab chiqarish va MDH, Yevropa bozoriga chiqish rejalari muhokama etildi;

herbal planting (dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash) bo‘yicha mahalliy tadbirkorlar uchun treninglar tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Agentlik direktori A.Azizov ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, kompaniyaga institutsional ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling