Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 18,2%ga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda sement ishlab chiqarishda sezilarli o‘sish qayd etildi.
Milliy statistika qo‘mitasi xabariga asosan, 2025 yil yanvar–iyun oylarida mamlakatda 9,2 mln tonna sement ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 mln tonna yoki 18,2%ga ko‘pdir.
So‘nggi yillarning dastlabki olti oylik ko‘rsatkichlari barqaror o‘sishni namoyon etmoqda: 2023 yilda ishlab chiqarish hajmi 5,7 mln tonnani, 2024 yilda 7,7 mln tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda esa 9,1 mln tonnaga yetdi.