O‘zbekistonda “Organic” va “GlobalGAP” standartlari bo'yicha yangi markaz ish boshladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Turkiyaning nufuzli “Eco Inspect” kompaniyasi hamkorligida “Organic” va “GlobalGAP” standartlari talablarini joriy etish hamda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “ACS BIO CERTIFICATION MMC” xalqaro sertifikatlash markazi tashkil qilindi va Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida maxsus o‘quv kurslari faoliyat boshladi.
Turkiyalik tajribali mutaxassislar Mustafa Chetinkaya va Kamil Qoratosh rahbarligida o‘tkazilgan seminar-treninglar “GlobalGAP” va “Organic” sertifikatlash talablari, dala sharoitlarida sinov va a’zolik mezonlari kabi muhim mavzularni o‘z ichiga oldi.
Mutaxassislar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, guvohnomalarga ega bo‘ladilar va endilikda yurtimiz mahsulotlarini jahon bozoriga sifatli va raqobatbardosh tarzda olib chiqishda muhim rol o‘ynashadi.