Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Turizm 10/04/2025 O‘zbekistonda oilalar va mehnat jamoalari uchun «sayyohat kunlari» joriy qilinadi

O‘zbekistonda oilalar va mehnat jamoalari uchun «sayyohat kunlari» joriy qilinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 aprel kuni ichki turizmni yana-da rivojlantirish ahamiyatini taʼkidladi. So‘nggi yillarda mamlakat bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolar soni sezilarli darajada oshgan: 2017 yilda 5 milliondan 2024 yilda 23 millionga yetdi.

Bu o‘sishga qaramay, millionlab oilalar haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shaxrisabz kabi tarixi boy turizm markazlarini ziyorat qilishmagan. Shu munosabat bilan yangi tashabbuslar qabul qilindi.

Davlat rahbari topshiriqlariga ko‘ra, har oyning bir shanba va yakshanba kunlari «oilalar va mehnat jamoalari bilan sayyohat kuni» deb eʼlon qilinadi — bu mamlakat ichkarisida faol sayohatlarni rag‘batlantirish maqsadida.

Shuningdek, yoshlar orasida qiziqishni oshirish uchun mukofotlar tizimi joriy etiladi: turli tanlovlarda g‘oliblar «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat» dasturi doirasida mamlakatdagi turli hududlarga sayohat qilish uchun yo‘llanmalarni oladi.

Bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili davlat byudjetidan 20 milliard so‘m ajratiladi. Shuningdek, tegishli idoralarga ekstremal turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 sentyabrdan O‘zbekistonda «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» tashabbusi doirasida ichki sayohatlar uchun fuqarolarga keshbek dasturi joriy etilgan bo‘lib, bu dastur sayohat xarajatlarini qisman qoplashga yordam beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling