Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 24/04/2025 O‘zbekistonda M&M‘s brendini ko‘chirgan ishlab chiqaruvchiga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zbekistonda M&M‘s brendini ko‘chirgan ishlab chiqaruvchiga nisbatan chora ko‘rildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Chet el korxonasi hisoblangan “Mars, Insorrorated” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda “M&M‘s” tovar belgisidan foydalanishini maʼlum qilib, Toshkent viloyatida faoliyat olib boruvchi “CLASS-FOOD-SERVIS” MCHJning “S&S‘s” tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan va sotilayotgan mahsulotlar orqali uning huquqlari poymol bo‘layotganligi yuzasidan (ishonchli vakili orqali) Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish davomida, Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DMning xulosasiga muvofiq, “CLASS-FOOD-SERVIS” MCHJning ishlab chiqargan mahsulotlar etiketkasida foydalanib kelinayotgan “S&S‘s” belgisi “Mars, Insorrorated” kompaniyasiga tegishli “M&M‘s” tovar belgilari bilan tasviriy va grafik jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshashligi o‘z tasdig‘ini topdi. Bu bilan “CLASS-FOOD-SERVIS” MCHJ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi talabi buzilgan deb topildi.

Yuqoridagi aniqlangan qonunbuzilish holatiga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “CLASS-FOOD-SERVIS” MCHJga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 694-sonli qarori talablari buzilish alomatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Vazirlar Mahkamasining 694-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasining 6-bandida, avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish hamda raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish orqali avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarning realizatsiya qilinishini cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etish insofsiz raqobat belgilaridan biri ekanligi belgilangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling