Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Moliya 29/01/2025 O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd so‘m soliq to‘lagan

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd so‘m soliq to‘lagan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yilda 115,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Bu haqda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, to‘langan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar amalga oshirgan.

Xususan, Meta 41,7 milliard so‘m, Google — 29 milliard so‘m, Apple esa — 27,3 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lagan.

Soliq to‘lovlar hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Amazon (4,1 mlrd so‘m), Booking.com (3,6 mlrd so‘m) hamda Netflix va Zoom (har biri 1,4 mlrd so‘m) joy olgan. Shuningdek, Acca 1,2 milliard so‘m, Xsolla — 966,7 million so‘m, TikTok esa — 903 million so‘m miqdorida soliq to‘lagan.

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi barcha xorijiy yuridik shaxslar har chorak yakunlanganidan keyingi oyning 20 sanasidan kechiktirmasdan soliq hisobotini taqdim etishi va soliqlarni to‘lashi shart.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling