Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Iqtisod 28/03/2025 O‘zbekistonda bozorlar boshqaruvida davlat ishtiroki majburiyati bekor qilinadi

O‘zbekistonda bozorlar boshqaruvida davlat ishtiroki majburiyati bekor qilinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda bozorlar boshqaruvida davlat ishtirokini majburiy belgilaydigan meʼyor bekor qilinadi.

Bu masala 27 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan davlat mulkini xususiylashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Yig‘ilishda aytilishicha, hozirgi paytda 537 ta bozor va savdo majmuasida xokimliklar kamida 51 foiz ulushga ega.

Bu meʼyorni bekor qilish xususiy sektorning rivojlanishiga turtki berish, savdo sohasiga investitsiyalarni jalb etish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda bozorda raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling