Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 11/02/2025 O‘zbekistonda biznes uchun «yashil tadbirkor» maqomi joriy etiladi

O‘zbekistonda biznes uchun «yashil tadbirkor» maqomi joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda tadbirkorlarga «yashil tadbirkor» maqomi berilsa, ularga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi. Bu tashabbus Prezidentning 2025 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonida mustahkamlab qo‘yildi.

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab maxsus platforma ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu platforma orqali biznes subyektlari «yashil tadbirkor» maqomini olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Ushbu maqom ekologik toza texnologiyalarni joriy etayotgan, energiyani tejashga qaratilgan yechimlar qo‘llayotgan va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish choralarini amalga oshirayotgan kompaniyalarga beriladi.

Maqomni olish uchun bir qator talablarga javob berish kerak. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

— Korxonalar atrofida «yashil hududlar» yaratish

— Tomchilatib sug‘orish va konteynerlarda sug‘orish tizimlarini joriy etish

— Energiya tejovchi uskunalardan foydalanish

— Ekologik buzilishlarni va zararli chiqindilarni oldini olish uchun onlayn-monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish

— Sirkulyar iqtisodiyotning (“7R” konsepsiyasi) tamoyillariga amal qilish

«Yashil tadbirkor» maqomi egalariga bir qator afzalliklar beriladi. Jumladan:

— «Shaffof qurilish» (davlat xaridlari va qurilish xizmatlarini qamrab oladi) tizimida ustunlik huquqi

— Ekologik tekshiruvlardan vaqtinchalik ozod qilish

— Xalqaro bozorga chiqishda qo‘llab-quvvatlash

— Tadbirkorlik barqarorligi reytingida qo‘shimcha ballar

Bundan tashqari, 2025 yil 1 apreldan O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun «yashil tariflar» joriy etiladi. Imtiyozli tarif biogaz, chiqindi, quyosh va shamol qurilmalarida energiya ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarga, shuningdek, quyosh panellari o‘rnatib, ortiqcha energiyani davlatga sotadigan aholiga tatbiq etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling