Valyuta kurslari 06/02/2025
$1 – 12985.32
UZS – -0,1%
€1 – 13511.23
UZS – 0,53%
₽1 – 132.22
UZS – 0,71%
Qidirish
O‘zbekiston 06/02/2025 O‘zbekistonda 112 kg narkotik moddalar musodara qilindi

O‘zbekistonda 112 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 3-4-fevral kunlari mamlakatimiz miqyosida “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarining dastlabki bosqichi olib borildi.

Giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSH dollari va 569 million so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

Qo‘zg‘atilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Shuningdek, keng ko‘lamli tadbirlari doirasida 175 ta “tig‘”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol olindi.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling