Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ispaniyadagi turnirda penaltilar orqali Kanadani mag‘lub etdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ispaniyadagi turnirda penaltilar orqali Kanadani mag‘lub etdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ispaniyadagi turnirda penaltilar orqali Kanadani mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-17) Ispaniyada o‘tkazilayotgan xalqaro Costa De La Luz U18 turnirining ikkinchi turida Kanadaga qarshi bahsda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston jamoasi safida Abdusamad Saidov va Sadriddin Xasanov gol urdilar.

11 metrli zarbalar seriyasida o‘zbekistonlik futbolchilar raqibdan aniqroq harakat qilib, 6:5 hisobida zafar quchdilar.

Turnirning navbatdagi uchrashuvini O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 9 sentyabr kuni Marokash jamoasiga qarshi o‘tkazadilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling