O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iordaniyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekistonning U-15 va U-17 terma jamoalari mazkur musobaqada yuqori natijalarni qayd etishdi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston U-15 jamoasi esa 7 ta oltin, 8 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan musobaqani yakunladi.
Jami bo‘lib o‘zbekistonlik sportchilar 15 ta oltin, 15 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.
U-17 terma jamoasi - Oltin medal:
-48 kg. Habibulla Saynazarov
-57 kg. Asilbek Abduqodirov
-63,5 kg. Saidxo‘ja Saʼdillaxo‘jayev
-70 kg. Diyorbek Murodilloyev
-48 kg. Nazokat Mardonova
-57 kg. Farzuna Ro‘ziyeva
-60 kg. Rushanabonu Isoyeva
-80 kg. Mavjuda Abdusaidova
Kumush medal:
-54 kg. Bobomurod Boymirzayev
-60 kg. Abrorbek Sharipov
-75 kg. Xurshidbek Jo‘rayev
-50 kg. Shodiyona Meliqo‘ziyeva
-54 kg. Sabrina Chakomanova
-70 kg. Ulbosin Jalgasbayeva
-75 kg. Samira Turg‘unova
Bronza medal:
-52 kg. Asadbek Esonboyev
+80 kg. Artur Kenesbayev
-52 kg. Qumriniso Muhammadova
+80 kg. Sohibaxon Xudoyberdiyeva
U-15 terma jamoasi - Oltin medal:
-37 kg. Muxriddin Hamidjonov
-58 kg. Jahongirjon Usmanqulov
-61 kg. Hadyatulloh Saydullayev
-67 kg. Meyrambek Aliyev
-70 kg. Ezmir O‘ktamov
-49 kg. Parvina Shakarova
-55 kg. Madinabonu Xudoyorova
Kumush medal:
-33 kg. Temurbek Baxtiyorov
-35 kg. Sarmat Shokarimov
-43 kg. Zarifjon Neʼmatov
-52 kg. Elshod Shokirjonov
-55 kg. Hasan Xolmurodov
+70 kg. Elshod Oblaqulov
-37 kg. Sabinaxon Kamiljonova
-43 kg. Rayhona Alimxanova
Bronza medal:
-46 kg. Oybek Alimjonov
-35 kg. Ominaxon Nosirova
-40 kg. Sug‘diyona Abduazimova
-46 kg. Dildora To‘lqinova
-52 kg. Mohichehra Hamidova
-58 kg. Angelina Umarova
-61 kg. Marjona Sultonova
-67 kg. Fazilatxon Tursunova