Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 18/11/2024 O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash uchun KOICAdan 6,5 million dollarlik grant jalb qilmoqda

O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash uchun KOICAdan 6,5 million dollarlik grant jalb qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 14-noyabr kuni Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Tomonlar konferensiyasi 29-sessiyasi (COP29) doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi Global yashil o‘sish instituti (GGGI) Bosh direktorining o‘rinbosari va yashil o‘sishni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Helena McLeod bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlarning o‘zaro amalga oshirayotgan loyihalarining joriy holati, xususan, “O‘zbekiston tomonidan Parij bitimini amalga oshirishga ko‘maklashish va 6-moddaga muvofiq Koreya Respublikasi bilan birgalikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mazkur loyiha bilan hukumatga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, ayniqsa, yashil investitsiyalarni safarbar qilish, aqlli va iqlimga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, strategik ekologik baholash, barqaror va yashil moliyalashtirish, karbon bozorlarni rivojlantirishda ko‘mak berilishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida 6,5 mln AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘larini ajratish ko‘zda tutilgan “Yashil iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi doiraviy kelishuv imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling