O‘zbekiston va Yuta shtatlari konchilik va geologiya sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 16-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O. Nasritdinxodjayev boshchiligida AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda konchilik sohasida olib borilayotgan islohotlar va investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, shu bilan birga Yuta shtatining iqtisodiy salohiyatini hamda kon-geologiya sohasida ilg‘or tajribasini inobatga olib, investitsiya, ilg‘or texnologiyalar hamda ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Kon-geologiya vazirligi tassarufidagi Geologiya fanlar universiteti bilan o‘qituvchi va o‘qivchilarni malakasini oshirish, O‘zbekistonda Yuta shtati geologiya va konchilikka ixtisoslangan universitetlarning (University of Utah, Utah State University ) filiallarini ochish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.