O‘zbekiston va Xitoy to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ”O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi rahbarining Xitoydagi navbatdagi uchrashuvi Urumchi shahrida joylashgan “Xinjiang Production & Construction Corps Committee” kompaniyasi raisi bilan amalga oshirildi.
Uchrashuv va muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha Memorandum imzolandi.
Shu bilan birga, mazkur uchrashuv davomida Urumchining ko’zga ko’ringan to‘qimachilik kompaniyalari bilan davra suhbati amalga oshirildi. Jumladan, “Xinjinag Yinlong Agricultural International Cooperation”, “Alar Huamian Textile Co. LTD”, “Xinjiang Tangjing Textie” va “Xinjiang Dongchunxing Textile” kompaniyalari bilan eksport masalasi, mahsulotlar uchun omborxonalar tashkil etish hamda O’zbekiston hududida mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha dastlabki muzokaralar amalga oshirildi.