O‘zbekiston va Xitoy kelgusi ikki tomonlama tadbirlar rejasini kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik formatida bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.