Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekiston va Xitoy aqlli elektromobillar bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etadi

O‘zbekiston va Xitoy aqlli elektromobillar bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etadi

O‘zbekiston va Xitoy aqlli elektromobillar bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xitoyga qilgan xizmat safari davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti prorektori Shuhrat Shokirov bilan birga Beijing texnologiya universiteti (BIT) vitse-prezidenti Van Bentsun boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan batafsil fikr almashib, qo‘shma ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, yosh olimlar salohiyatini rivojlantirish hamda universitetning sohadagi ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida “TIQXMMI” MTU va Beijing texnologiya universiteti o‘rtasida “Xitoy-O‘zbekiston: Aqlli elektromobillar qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu qo‘shma laboratoriya zamonaviy elektromobillar va ularning zaryadlash texnologiyalari yo‘nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda yosh olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovkalarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Shuningdek, tomonlar “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, “TIQXMMI” MTU bazasida Beijing texnologiya universiteti filialini ochish imkoniyatlarini o‘rganish hamda hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling