O‘zbekiston va Turkiya isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi doirasidagi muzokaralarda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev ishtirok etdi.
Yig‘ilish doirasida Raqobat qo‘mitasi hamda Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi o‘rtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, institutsional aloqalarni mustahkamlash va isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish sohasida xalqaro ilg‘or tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.