Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
O‘zbekiston 22/04/2025 O‘zbekiston va Sloveniya ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Sloveniya ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Sloveniya Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi, professor Zlatko Shabich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etildi.

Jumladan, o‘zaro akademik almashinuvlarni kengaytirish, 2+2 shaklida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Sloveniya Savdo-sanoat palatasi va “SPIRIT” biznesni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda investitsion va ta’lim-fan hamkorligini rivojlantirish, birgalikda forumlar tashkil etish borasida muzokaralar olib borildi.

Tomonlar uchrashuv asnosida ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan ishchi formatda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling