Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
2025-yilda tomonlarni qiziqtirgan turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.