Valyuta kurslari 04/09/2025
$1 – 12374.55
UZS – -0,39%
€1 – 14425.01
UZS – -0,23%
₽1 – 153.13
UZS – -0,76%
Qidirish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hamkorlikning yangi loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hamkorlikning yangi loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hamkorlikning yangi loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiyaga “Acwa Power” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Muhammad Abunayyan boshchilik qildi.

Muloqotda, shuningdek, InterHealth, Vision Invest, Miahona, Riyadh Cables, Saudi Tabreed, Al Bawani, Al Kathiri Holding, Abunayyan Holding, Kdot Partners va boshqa yirik korporatsiyalar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, transport, energetika, suv ta’minoti, sanoat kooperatsiyasi va raqamli iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Alohida e’tibor ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikning strategik ahamiyatini ta’kidladi va yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar. Bu tashabbuslar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash hamda hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling