Valyuta kurslari 22/01/2025
$1 – 12984.44
UZS – 0,07%
€1 – 13442.79
UZS – 0,52%
₽1 – 129.90
UZS – 1,78%
Qidirish
O‘zbekiston 21/01/2025 O‘zbekiston va Quvayt mehnat migratsiyasi va viza rejimi masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Quvayt mehnat migratsiyasi va viza rejimi masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O.Abdullayev Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi Muvaqqat ishlari vakili Xolid al-Mutayratni qabul qildi

Uchrashuvda tashqi mehnat migratsiyasi, viza rejimini soddalashtirish hamda yuqori darajada bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar migratsiya va viza masalalari bo‘yicha muloqotlarni doimiy tarzda tizimli o‘tkazib turish, xususan, mavjud masalalarni tezkor tartibda muvofiqlashtirish maqsadida, O‘zbekiston va Kuvayt mutasaddilari o‘rtasida “Ishchi guruh”ni tashkil etishni kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling