Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Quvayt moliya vaziri va iqtisodiy masalalar hamda investitsiyalar bo‘yicha davlat vaziri Nura Sulaymon Al-Fassam bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi", — deb yozadi TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.