Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Madaniyat 29/03/2025 O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari rangtasvir va grafika asarlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari rangtasvir va grafika asarlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahriga tashrifning madaniy dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Abilxon Kasteev nomidagi Milliy san’at muzeyiga tashrif buyurdi.

Xalq rassomlari – qozoq tasviriy san’ati asoschisi Abilxon Kasteev va o‘zbek rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev asarlari ko‘zdan kechirildi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston va Qozog‘iston boy badiiy merosining yorqin ifodasi, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam madaniy aloqalarning ramzi bo‘ldi.

Davlat rahbarlari san’at sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling