Valyuta kurslari 28/04/2025
$1 – 12957.14
UZS – 0,23%
€1 – 14702.47
UZS – -0,1%
₽1 – 156.56
UZS – 0,53%
Qidirish
Turizm 27/04/2025 O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 25-aprel kuni Olmaota shahrida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda ikki mamlakat sayyohlik sohasining yetakchi vakillari, diplomatlar, mutaxassislar va tadbirkorlik doiralari ishtirok etib, turizmni rivojlantirish istiqbollari, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari hamda madaniy va tarixiy merosni targ‘ib qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Tadbirni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib, ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi va O‘zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro turizmni rivojlantirish uchun asos sifatida e’tirof etdi.

Turizm qo‘mitasi vakillari mamlakatimiz hududlarining sayyohlik salohiyati haqida ma’lumot berdi. Infratuzilmani rivojlantirish, ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro bozorga mo‘ljallangan yangi sayyohlik mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlarga Samarqand, Buxoro va Xivaning jahonga mashhur tarixiy yodgorliklari, shuningdek, zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari, ekologik va gastronomik turizm imkoniyatlari haqidagi videolavha namoyish etildi.

Tadbir doirasida B2B uchrashuvlari tashkil etildi. Unda qo‘shma sayohatlar muhokama qilindi, tajriba almashildi va yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling