Valyuta kurslari 03/12/2024
$1 – 12838.33
UZS – -0,11%
€1 – 13498.22
UZS – -0,52%
₽1 – 119.70
UZS – 0,6%
Qidirish
O‘zbekiston 21/11/2024 O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy harbiy okrugining “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi “Hanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘n kunlik mashg‘ulotlar dasturi asosida turli jangovar qurollardan otish mashqlari, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish, ruhiy zo‘riqishlarni yengib o‘tish jarayonlari amalga oshirildi.

Dastlab shartli dushman joylashgan binolarga minomyotchilar, merganlar, pulemyotchilar guruhlari va dronlarning hujumi tashkillashtirilgan bo‘lsa, uning ortidan ishga tushgan ishg‘ol guruhi uchta binoda tozalash jarayonini shiddat bilan amalga oshirdi. Harakatlar jangovar zirhli texnikalar va xizmat itlari ko‘magida amalga oshirilib, sanoqli daqiqalar ichida ko‘zlangan maqsadga erishildi.

Mudofaa vazirligining mas’ul ofitserlari, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbariyati kuzatuvi ostida o‘tgan yakuniy bosqich mashg‘ulot qatnashchilari oldidagi mas’uliyatni yanada oshirdi.

Hamkorlikdagi mazkur taktik o‘quv mashg‘ulotining tantanali yopilish marosimida qardosh davlatlarning do‘stona munosabatlarini yanada mustahkamlashi borasidagi jihatlarga alohida to‘xtalib, “Hanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida faollik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa vazirliklarining maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling