O‘zbekiston va Qirg‘iziston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Qirg‘iz Respublikasidagi hamkasbi – Qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Nurdan Oruntayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona va iliq munosabatlar so‘nggi yillarda davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.
Suhbat chog‘ida qurilish sohasidagi islohotlar, me’yoriy-huquqiy baza, raqamlashtirish jarayonlari va hududlarni kompleks rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston tajribasi Qirg‘iziston tomonidan yuqori baholandi va bu yo‘nalishda yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘zaro qiziqish bildirildi.
Har ikki vazir doimiy muloqot va o‘zaro tajriba almashuvini davom ettirishga kelishib oldi.