Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
Texnologiyalar 27/02/2025 O‘zbekiston va Qatar IT masalalari bo'yicha hamkorlik kelishuvi imzoladi

O‘zbekiston va Qatar IT masalalari bo'yicha hamkorlik kelishuvi imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Qatarga tashrifi davomida Invest Qatar agentligi Bosh ijrochi direktori Shayx Ali Al-Valid Al-Tani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muhokamada IT sohasiga IT mutaxassislarini tayyorlash va ularga xalqaro ish topishga yordam berish, mahalliy startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar tuzish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida IT masalalari bo'yicha hamkorlik kelishuvi imzoladi . Bu kelishuv IT- masalalari, raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Invest Qatar (The Investment Promotion Agency Qatar) 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qatarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Invest Qatar shuningdek, ICTWeek 2024 tadbirida mintaqaviy hamkor sifatida ishtirok etgan. Ushbu hamkorlik mintaqadagi investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling