Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston diplomatlari Primore viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nikolay Stetsko bilan uchrashib, savdo, investitsiyalar, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi, deb xabar beradi «Dunyo» axborot agentligi.
Rossiya tomoni o‘zbek kompaniyalariga mahsulotlarni saqlash uchun "Primore" ulgurji-tarqatish markazida joy ajratishni taklif qildi hamda Toshkentdagi “TEXNOPARK” MCHJ filialini Primore viloyatida tashkil etishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, o‘zbek mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qilish istiqbollari bo‘yicha fikr almashishdi.