Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
O‘zbekiston 26/02/2025 O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami imzolandi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plami imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:

- Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risida bitim;

- Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Professional ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling