O‘zbekiston va Pokiston ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga intilishini tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston senatori, bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro munosabatlarni yana-da mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, umumiy farovonlikka ko‘maklashish masalalarini muhokama qildilar.
— Bizning muloqotimiz O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi chuqur o‘zaro ishonch hamda o‘sib borayotgan sheriklikni yaqqol namoyon etdi, — deb taʼkidladi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.