Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 05/11/2024 O‘zbekiston va Misr suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Misr suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tashabbusi bilan misrlik tadbirkor, "The Bell Group" kompaniyasining strategiya menejeri Haysam Hussayn, "Veolia" kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Shaxin Butuila, "O‘zsuvta’minot" AJ, Samarqand viloyati va shahri hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Moliya va iqtisodiyot vazirliklari mutasaddilari ishtirokida VKA shaklida uchrashuv tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida suv ta’minoti, oqova suvlar va isitish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi tizimini boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muloqot chog‘ida, xorijiy hamkorlar viloyatning barcha hududlarida suv sohasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, tizim samaradorligini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va zarur investitsiyalarni jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida "Bell Group" va "Veolia" kompaniyalari tomonidan yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar konsepsiyasini taqdim etish, "O‘zsuvta’minot" AJ va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan esa ushbu takliflarni o‘rganish va o‘z xulosasini bildirish hamda kelgusida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling