O‘zbekiston va MISiS GeoMetTex muhandislik maktabini yaratishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A. Xursanov va boshqa mutasaddilar MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolangan bitimga muvofiq MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va “OKMK” AJ hamkorligida tashkil qilinayotgan “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, sohaga kerakli kadrlar yetishtirishda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Soha tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining (GFU, NDKTU) MISiS Fan va texnologiyalar universiteti bilan birgalikda muhandislik loyihalarini amalga oshirish sanoat rivojiga xizmat qilishi alohida qayd etildi.