O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 09/09/2025
$1 – 12439.41
UZS – -0,65%
€1 – 14583.96
UZS – -0,34%
₽1 – 151.87
UZS – -1,19%
Qidirish
O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Kanada Jamoatlar palatasidagi “Kanada – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Ziyad Abuoltaif boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari, taʼlim, turizm sohalaridagi imkoniyatlar muhokama etildi.

Parlamentlararo muloqotni yana-da chuqurlashtirish maqsadida ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining tegishli qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro tashriflar va yillik yig‘ilishlarni muntazam tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda ikki tomonlama muloqot va tashriflar faollashdi. Shu bilan birga, savdo aylanmasini yanada oshirish, hududlar va biznes doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilinib, Kanadaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma dasturlar va filiallar tashkil etish, o‘quv-ilmiy aloqalarni rivojlantirishning muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ikki mamlakat shahar va hududlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba va loyihalar almashinuvini taʼminlashga urg‘u berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling