Valyuta kurslari 19/11/2024
$1 – 12825.01
UZS – 0,1%
€1 – 13552.19
UZS – 0,15%
₽1 – 128.62
UZS – 0,19%
Qidirish
Texnologiyalar 04/11/2024 O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari doirasida Koreya ilg‘or fan va texnologiya instituti (KAIST) bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari R. Karimjonov hamda KAIST instituti rahbariyati onlayn tarzda ishtirok etdi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda «Uz-AIST» o‘quv kampusini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, KAIST ta’lim modeli va tizimi asosida O‘zbekistonda oliy ta’lim va tadqiqot institutini tashkil etish uchun texnik-iqtisodiy asoslash tadqiqotini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun: KAIST – Koreyadagi birinchi va eng nufuzli fan va texnologiya universiteti bo‘lib, innovatsiyalar sohasida yetakchi hisoblanadi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling