Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Moliya 27/03/2025 O‘zbekiston va Jahon banki davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni muhokama qildi

O‘zbekiston va Jahon banki davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov Jahon bankining boshqaruv va davlat sektori masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Kai-Aleksandr Kaizer rahbarligidagi vakillar guruhi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasida inobatga olinayotgan islohotlarni amalga oshirishda Jahon bankining texnik ko‘magini muhokama qilindi.

Shuningdek, Jahon bankining muqobil moliyalashtirish vositasi Natijaga asoslangan kreditlash dasturi (PforR) va O’zbekistonda undan foydalanish istiqbollari hamda shart-sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.

Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan moliyalashtirish yondashuvi bo‘lib, bunda, mablag‘lar sarflangan xarajatlar asosida emas, balki o‘lchanadigan, miqdoriy va sifat ko’rsatkichlariga erishilgach ajratiladi.

Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari tashrifi davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan Natijaga asoslangan kreditlash dasturi (PforR) bo’yicha seminar hamda kelgusi qadamlar to‘g‘risida kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling