Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Iqtisod 15/07/2025 O‘zbekiston va Italiya xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalarni kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Italiya xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnomalarni kengaytirishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Italiya Respublikasi vakillari bilan videokonferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama etildi. 

Tomonlar eksport-import operatsiyalarini faollashtirish, tashuvchilar uchun qula shart-sharoitlarni yaratish va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Xususan, ruxsatnoma blankalari almashinuvi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil uchun qo‘shimcha blankalar ajratish va 2026-yil uchun asosiy kontingentda kengaytirilgan hajmni mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling