Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 12/02/2025 O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, “PT TransAsia Resources” kompaniyasi prezidenti Furkat Aslanov hamda “Indonesia Uzbekistan Trade House” vitse-prezidenti Roki Oetomo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“PT TransAsia Resources” — konchilik, neft, gaz va energetika sohalariga ixtisoslashgan kompaniya. Kompaniyaning bosh qarorgohi Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan bo‘lib, Singapur va Janubiy Afrikada ham vakolatxonalari mavjud.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan yuqori talab, logistika masalalari hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Indoneziya va qo‘shni davlatlarga eksport qilishni rivojlantirish, Indoneziyada O‘zbekiston Savdo uyini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash va amaliy qadamlarni belgilash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling