Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 16/01/2025 O'zbekiston va Hindistonning yirik zargarlik kompaniyasi o'rtasida hamkorlik o'rnatilmoqda

O'zbekiston va Hindistonning yirik zargarlik kompaniyasi o'rtasida hamkorlik o'rnatilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning mashhur "Sonani Industries Pvt. Ltd" kompaniyasi raisi Manesh Sonani bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Sonani Industries Pvt. Ltd" Gujarat shtatining Surat shahrida joylashgan yirik kompaniya bo'lib, yuqori sifatli zargarlik mahsulotlari bilan nom qozongan.

Uchrashuv doirasida hindistonlik sanoatchilarga O'zbekistonda so'nggi yillarda xorij ishbilarmon doiralari vakillari va sarmoyadorlari faoliyati uchun yaratilgan qulay va jozibador muhit, jumladan, zargarlik sohasini qo'llab-quvvatlash va yana-da rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi.

Kompaniya vakillari mamlakatimiz bilan hamkorlikda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma loyihani amalga oshirishga chaqirildi. Ushbu hamkorlik doirasida taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar tizimiga alohida e'tibor qaratildi.

Manesh Sonani O'zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan yangilanish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotgani, amaliy loyihalarni muhokama qilish uchun Toshkentga safar qilishga tayyorgarlik ko'rayotganini ma'lum qildi.

Tomonlar "O'zbekzargarsanoati" uyushmasi va "Sonani Industries Pvt. Ltd" kompaniyasi o'rtasida hamkorlik munosabatlarini o'rnatish istiqbollari bilan bog'liq masalalarni batafsil muhokama qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling