Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va Eron temir yo‘llari boshqaruv raisi Jabbor Ali Zakeri o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, temir yo‘l transporti orqali qo‘shimcha yuklarni jalb qilish maqsadida xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, jumladan, "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron" yo‘nalishini faol rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.
Shuningdek, Eron temir yo‘llari boshqaruv raisi Jabbor Ali Zakeri "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullayevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.