Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 07/02/2025 O‘zbekiston va CLAAS zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish va yetkazib berishni muhokama qildi

O‘zbekiston va CLAAS zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish va yetkazib berishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5-fevral kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux Gulamov Germaniyaning CLAAS kompaniyasining Sharqiy Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Mixael Bayer bilan uchrashdi.

Tomonlar agrar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

1913-yilda tashkil etilgan CLAAS bugungi kunda g‘alla o‘rish kombaynlari, traktorlar, preslash mashinalari va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish zavodlari Germaniya, Frantsiya, Rossiya va AQShda joylashgan. Korxona mahsulotlari 140 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi.

Yig‘ilishda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish va mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling