Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 12/11/2024 O‘zbekiston va BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari yordamchisi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari yordamchisi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov 8-noyabr kuni Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyoda fuqarosizlikka barham berish” mavzusidagi konferensiya doirasida BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari yordamchisi Ruvendrini Menikdivela xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini rivojlantirish va istiqboldagi rejalar bo‘yicha qisqacha suhbat o‘tkazildi.

Tomonlar tug‘ilganligi qayd etilmagan hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan fuqarolarga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, fuqarosizlikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv so‘ngida Adliya vazirligi bilan BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling