Valyuta kurslari 06/02/2025
$1 – 12985.32
UZS – -0,1%
€1 – 13511.23
UZS – 0,53%
₽1 – 132.22
UZS – 0,71%
Qidirish
O‘zbekiston 06/02/2025 O‘zbekiston va BMT narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytiradi

O‘zbekiston va BMT narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Pokiston va Eron bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va BMTning Narkotik va Jinoyat masalalari bo‘yicha idorasi o‘rtasidagi hamkorlik, ayniksa, noqonuniy narkotik aylanmasi, uyushgan transmilliy jinoyatchilik, odam savdosi va terrorizmga qarshi kurash sohasida yangi bosqichga ko‘tarilgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, tomonlar mintaqada inson huquqlari ustuvorligini va gender tenglikni taʼminlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishda parlamentning tutgan o‘rnini atroflicha muhokama qildi.

Shu bilan birga muloqotda O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi keskin kurashish choralarining qonuniy asoslarini yaratgani va mustahkamlagani, bu esa xalqaro maydonda eʼtirof etilayotgani, odam sadosi, majburiy mehnat va xorijda mehnat qilayotgan migrantlar muammolarni hal etishda mamlakat ijobiy natijalar qayd etayotgani ham alohida qayd etildi.

Ayniqsa, bu borada O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yana-da yaxshilangani, kelgusida ham ana shunday ijobiy natijalarga erishishda tashkilot bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini faol davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Bunda tomonlar ushbu jinoyatlar va qonun buzarliklarga qarshi kurashishda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni amaliyotga joriy etishda faol hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling