Valyuta kurslari 19/11/2024
$1 – 12825.01
UZS – 0,1%
€1 – 13552.19
UZS – 0,15%
₽1 – 128.62
UZS – 0,19%
Qidirish
Iqtisod 06/11/2024 O‘zbekiston va Belarus temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Belarus temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va Belarus temir yo‘llari rahbari Verenich Valeriy Yemelyanovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi yuk tashish hajmini oshirish, harakat tarkibi qismlarini yangilash va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar, yuk vagonlaridan samarali foydalanishni oshirish maqsadida hamkorlikda marketing o‘rganishlarini amalga oshirishga kelishib oldilar. Bu tadqiqotlar bozor ehtiyojlarini aniqlash va yuk tashish samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Belarus temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida anglashuv Memorandumi imzolashga kelishildi.

Shuningdek, Belarus temir yo‘llari rahbari Verenich Valeriy Yemelyanovich "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullayevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling