Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 09/11/2024 O‘zbekiston va Bangladesht Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar

O‘zbekiston va Bangladesht Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Bangladesh Xalq Respublikasining mamlaktimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

M.Islom O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Afg‘on masalasi bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling