Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 19/01/2025 O‘zbekiston va BAA moliyaviy hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda

O‘zbekiston va BAA moliyaviy hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BAAning moliyaviy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Muhammad bin Hadi Al Husayniy O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar moliya sektoridagi hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qildilar va ikki davlat uchun o‘zaro qiziqish tug‘diradigan sohalarni o‘rgandilar, deb xabar beradi WAM.

Qo‘chqorovni qutlar ekan, Al Husayniy BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam ikki tomonlama aloqalarga yuqori baho berdi hamda O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidladi.

Ikki rasmiy shaxs noyabr oyida O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining BAA Moliya vazirligiga amalga oshirgan tashrifi ortidan moliyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdilar. Mazkur tashrif moliya, bank ishi va investitsiyalar sohalarida tajriba hamda bilimlar almashishga qaratilgan «Moliyaviy yetakchilik dasturi» doirasida amalga oshirilgan edi.

Al Husayniy O‘zbekiston bilan moliyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga qiziqish bildirar ekan, ushbu hamkorlik ikki davlatning rivojlanishi va farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, u O‘zbekistonning davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida erishilgan yutuqlarni qayd etib, ushbu rivojlanishni yaqin hamkorlik orqali davom ettirishga hamda ikki davlatning barqaror taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlarni izlashga umid bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling