Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Moliya 21/11/2024 O‘zbekiston va AQSh soliq sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va AQSh soliq sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi. Muloqotda shuningdek USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman ham ishtirok etdi.

Xorijiy texnik yordam ko‘rsatishda soliqqa tortish masalalari, shu bilan birga, ikki davlat soliq idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Soliq sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Amerika CISCO kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha IT-mutaxassislari uchun o‘qitish va tajriba almashinuvini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling