Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 22/12/2024 O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxona vakillari uchrashuv o‘tkazishdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxona vakillari uchrashuv o‘tkazishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan chegaradosh mamlakatlar bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida tashkil etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi ham ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirmoqda.

Ushbu savdo zonasida ikki qardosh davlat fuqarolari va tadbirkorlari uchun yanada qulay muhit joriy qilish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Afg‘onistonning Balh viloyati bojxona tashkiloti tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Izzatulla G‘ulomov va Afg‘onistonning Balh viloyati bojxona tashkilotining rahbari Bilal Muxammad Abdullah boshchiligidagi delegatsiyalar erkin savdo zonasida uchrashuv o‘tkazishdi.

Unda, savdo markazida faoliyat yuritayotgan Afg‘oniston tadbirkorlari faoliyati va kirib kelayotgan fuqarolarni chegara hamda bojxona nazoratidan o‘tkazish masalalari, valyuta ayirboshlash, ruxsat etuvchi sertifikatlar va savdo qilinayotgan tovarlar hajmini oshirish yuzasidan fikrlar almashinib, taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, mehmonlar suhbatlari davomida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan iliq munosabatlar va yaqin qo‘shnichilik aloqalari uchun minnatdorchilik izhor etishdi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda savdo zonasi hududiga o‘rtacha 2 ming nafardan ortiq Afg‘oniston fuqarolari kelmoqda. Savdo markazi joriy yil avgust oyida faoliyatini boshlagan bo‘lsada, 15,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling