Valyuta kurslari 02/07/2025
$1 – 12676.11
UZS – -0,15%
€1 – 14975.56
UZS – 0,65%
₽1 – 161.56
UZS – -0,02%
Qidirish
Iqtisod 01/07/2025 O‘zbekiston Transport vazirligi va Germaniya Askania Future dual ta’limni joriy etish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Transport vazirligi va Germaniya Askania Future dual ta’limni joriy etish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —Transport vazirligida Germaniyaning Saksoniya-Anhalt federal o‘lkasida joylashgan “Askania Future GmbH” rekruting kompaniyasi boshqaruvchisi Ingo Yung ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Transport vaziri birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada tomonlar nemis tili o‘rganish, malaka oshirish va Germaniyada ishlash imkoniyatlari bilan birga nemis standartlariga asoslangan dual ta’lim tizimini joriy etish masalalarini muhokama etishdi.

Ingo Yung O‘zbekistonda logistika mutaxassislari va xalqaro toifadagi yuk avtomobillari haydovchilar uchun ta’lim dasturlarini rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida navbatdagi qadamlarni belgilab olishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling